Тел: (+99871) 237-92-72  г. Ташкент, Мирабадский район, ул. Т. Шевченко 7.  temiryol@gmail.com
Generic selectors
Exact matches only
Search in title
Search in content
Search in posts
Search in pages

“Temiryo’lchi” 2014 yil 27 noyabr №48(6027) sonli gazeta

Ijtimoiy himoya — samarali mehnat omili

«Har bir xodimga aloxida e’tibor», «Toshtemiryo’lloyiha» MChJ kasaba uyushma qo’mitasi ana shunday maqsad bilan faoliyat yuritadi.

Mamlakatimizda ish olib borayotgan bir qator loyihalashtirish institutlari orasida  o’z  o’rni va nufuziga ega bo’lgan «Toshtemiryo’lloyiha» mas’uliyati cheklangan jamiyati kompaniyaning istiqbolli strategik loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Sohadagi har bir bunyodkorlik harakati tashkilotning malakali mutaxassislari yaratgan chizmalardan boshlanadi. Bir necha kunlik mehnat, puxta hisob-kitoblardan so’ng bu chizmalar loyihaga, loyihadan ko’rkam inshoatga aylanadi. Ana shunday samarali mexnat qilayotgan korxona xodimlariga ko’rsatilayotgan ijtimoiy himoya tilga olsa arzigulikdir.

— 126 nafar kasaba uyushma a’zolariga ega korxonamizda ishchi-xodimlarning bo’sh vaktlarida maroqli hordiq chiqarish va dam olish vaqtlarini mazmunli  o’tkazishlari uchun ham qator ishlar amalga oshiriladi, — deydi korxona kasaba uyushma qo’mitasi raisi Aziza Mirsagatova. -Ular uchun zarur mehnat va dam olish sharoitlarini yaratib berish, sihat-salomatligini muhofaza qilish asosiy mezon etib belgilangan. Jamoa shartnomasi bandlarining ijrosi to’liq ta’minlanmoqda. Bu esa ish unumdorligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilayotir. Yil boshidan buyon 38 nafar ishchi-xodimga «Sixatgoh», «Chimyon» sanatoriy-profilaktoriysi va «Xo’jakent», «Qoranko’l» dam olish maskanlarida dam olishlari uchun imtiyozli yo’llanmalar berildi. Bunday e’tibordan xodimlarimiz mamnun.

Shuningdek, doimiy ravishda ishchilar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida sportning qator turlari bo’yicha musobaqalar, jumladan mini futbol, stol tennisi, shashka, shaxmat va darts bo’yicha musobaqalar  o’tkazilib borilmoqda. Shuningdek, kasaba uyushma faollari tomonidan ishchi-xodimlar  o’rtasida «Ilg’or loyihachi-futbolchi», «Institutning eng yaxshi qandolati» ko’rik tanlovlari o’tkazildi. Temiryo’lchilar farzandlari xam e’tibordan chetda qolayotgani yo’q ular uchun 1 iyun  — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «Dunyo bolalar tasavvurida» rasmlar ko’rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovda ishtirok etgan har bir bola e’tibordan chetda qolmadi. G’olib va barcha ishtirokchilarga esdalik sovg’alari taqdim etildi.

— Shu korxonada ishlayotganimga 36 yil bo’ldi. Bu yillar ichida men temir yo’lning barcha imtiyozlaridan foydalanib kelaman. Ta’kidlash kerakki, korxona rahbariyati va kasaba uyushma qo’mitamiz barcha ishchi-xodimlarning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilib kelmoqda. Ayniksa, bu yil Sog’lom bola yili munosabati bilan qo’mita a’zolari tomonidan  o’tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarida nafaqat  o’zimiz, balki oilamiz bilan faol ishtirok etyapmiz, — deydi loyiha bosh muhandisi Mirazim Mirsalixov, Bugungi kunda loyihachilar Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasi qurilishida olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etmokdalar. Mana shunday zaxmatkash temiry lchilarning manfaatlarini himoya qilish esa korxona kasaba uyushmasi qo’mitasining asosiy ish mezoniga aylangan.

Dilafruz KARIMOVA, «Temiryo’lchi» muxbiri