«Toshtemiryo’lloyiha» Mas’uliyati Cheklangan asosiy vazifalari:

  • muhandislik-geodeziya va muhandislik-geologiya ishlari;
  • yangi temir yo’llarni loyihalashtirish va loyiha smeta xujjatlari;
  • bino va inshoatlarni kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun loyihalar;
  • temir yo’l liniyalarini mustahkamlash, qayta qurish va zamonaviylashtirish loyiha ishlari;
  • bino va inshoatlarni BIM texnologiya asosida loyihalash (Revit, Civil va boshqalar);
  • video kuzatuv tizimlarini, elektr ta’minoti, yong’in va havfsizlik, signalizatsiyasi va aloqalarni ishlab chiqish loyihalari;
  • issiqlik tarmoqlarini, suv ta’minoti va oqova suv liniyalarini loyihalash;
  • shuningdek, tashkilot investitsiya loyihalarini jalb qilish va ulardan oqilona foydalanishga yordam beradigan texnik iqtisodiy xisob kitoblarni, texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish xizmatlarini taqdim etadi.

Faoliyatni amalga oshirish uchun «Toshtemiryo’lloyiha» MChJ barcha zarur litsenziyalarga ega, xususan: loyiha smeta xujjatlarini ishlab chiqish; uy joy, fuqorolik foydalanishi va sanoat soxasiga oid ob’ektlarni qurish; temir yo’l bo’ylab topografik va geologik ishlarni bajarish uchun litsenziya shular jumlasidandir.

     «Toshtemiryo’lloyiha» MChJ tarixi va buguni 

           1938 yil dekabr oyida  Temir yo’l ishchi xodimlarning umumiy komissiyasining 327/S-sonli qarori bilan sobiq SSSR ning barcha temir yo’llari tizimida loyiha tashkilotlari tashkil etildi.
Ushbu buyruq asosida Toshkent temir yo’l birlashmasi  huzurida ham loyiha tashkiloti tashkil etildi, SSSR temir yo’llari vazirining 1969 yil 18 sentyabragi 1212-sonli farmoniga binoan 1969 yil 26 sentyabrda yo’l idorasi, O’rta Osiyo temir yo’llari yo’l loyihalash-tadqiqot institutiga aylantirildi.
            SSSR Vazirlar Maxkamisining 1974 yil 25 fevraldagi №430R-sonli farmoyishiga muvofiq temir yo’l transportida loyiha-smeta ishini yanada takomillashtirish maqsadida temir yo’l vazirligi huzurida temir yo’l transporti ob’ektlarni loyihalashtirish bo’yicha «Loyihalashtirish bosh boshqarmasi» tashkil qilindi. O’rta Osiyo temir yo’llari tasarrufidagi «Желдорпроект» loyihalash va tadqiqot instituti mazkur «Главжелдорпроект» Loyihalashtirish bosh boshqarma tasarrufiga o’tkazildi.
           O’zbekiston Respublikasi mustakillik e’lon qilingandan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 22-yanvardagi 25-sonli qarori asosida «Ittifoq tassarrufida bo’lgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarni O’zbekiston  Respublikasining yuridik mulkiga o’tkazish bo’yicha ishlarni tashkil qilish to’g’risida» gi qarori asosida, O’rta Osiyo temir yo’llar Toshkent loyihalash va tadqiqot instituti «Главжелдорпроект» O’rta Osiyo temir yo’llar ixtiyoriga berilib, qisqartirilgan nomi «Ташжелдорпроект» asosida faoliyat yuritdi.
Mirobod tumani hokimining 06.11.1998-yildagi №667-sonli qaroriga binoan «Ташжелдорпроект» instituti «Toshtemiryo’lloyiha» ОАJ (Ochiq Aksiyadorlik Jamiyati) ga aylantirildi. O’zbekiston respublikasi prezidentining PF-4053-son 2008 yil 18 noyabr «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi farmoniga asosan 2009 yil noyabr oyidan boshlab «Toshtemiryo’lloyiha» MChJ (Ma’suliyati Cheklangan Jamiyat) maqomiga o’zgartirildi
           O’zbekiston  Respublikasining mustaqillikka erishishi va mamlakatda boshlangan iqtisodiy islohatlar korxonalarning ustuvor yo’nalishlari va maqsadlarini ko’rib chiqishni taqazo etdi. Ularni hal etish uchun yangi vazifalarni ilgari surgan institut  jamoasining faoliyatini qayta ko’rib chiqish zarurati yuzaga keldi, endilikda e’tiborni xalq xo’jaligi tarmog’i sifatida nafaqat temir yo’l transportiga balki umumdavlat miqyosidagi talabni qondirishga qaratish lozim edi. Shu munosabat bilan institutda loyihaviy vazifalarni avtomatlashtirish vositalaridan keng foydalangan holda, tezkor bajarishga qodir yangi ixtisoslikdagi mutaxassislar jalb qilindi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkiliy-tuzilmaviy islohatlarni, iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan hatti harakatlarni amalga, oshirishni talab etdi.
         Institut tarixida birinchi marta yirik loyihalarni Texnik-Iqtisodiy Asoslash (TIA) ga doir loyihalar: Toshg’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on yangi temir yo’l liniyasining qurilishi (1996.),  Shavot-Gurlan-Djumuratau-Sultonuizdag temir yo’l liniyasida avtomabil va temir yo’lni o’z ichiga olgan Amudaryo ko’prigi qurilishi (1999 y.) amalga oshirildi. Yuqorida sanab o’tilgan TIA larda muxim davlat ahamiyatidagi muammolari o’z yechimini topdi jumladan:

  • O’zbekiston Respublikasining transport mustaqilligini mustahkamlash;
  • ayrim hududlarning transport tarmog’i kamchilikligini bartaraf qilish;
  • vagon vostilarida sezilarli tejamkorlik bilan transportning milliy iqtisodiy harajatlarini kamaytirish;
  • To’qimachi bekatida yo’lovchi vagonlarni ta’mirlash bazasini kengaytirish;

         O’zbekiston Respublikasi geopolitika nuqtayi nazaridan joylashishidan kelib chiqgan holda uzoq chet el davlatlariga tashish yo’nalishlarini amalga oshirish imkoni xam vujudga keldi.
Andijon-Osh-Qashg’ar yangi temir yo’l liniyasining qurulishiga doir dastlabki ma’lumotlar yig’ilib tahlil qilinib loyiha va texnik jixatlarilari ishlab chiqildi. Mavjud temir yo’l tarmog’i bilan birgalikda loyihaning asosiy texnik parametrlari aniqlandi va to’liq texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishga tayyorgarlik ko’rish ishlari olib borildi.
         O’zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-noyabrdagi 615-Ф sonli qarori asosida 2011-2012 yillarda Toshkent-Samarqand yo’nalishida «Afrosiyob» tezyurar elektrlashtirilgan yo’lovchi poyezdi yo’lining qurulishi uchun loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilgan bo’lib, temir yo’l yo’nalishi bo’ylab uzunligi 35 kilometr bo’lgan Yangiyer-Dashtobod temir yo’l liniyasi elektrlashtirilishini o’z ichiga oladi.
        O’zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlangan investitsiya dasturlariga muvofiq, institut tarixida birinchi marta xorijiy sarmoyalarni jalb qilish bilan sanoat va transport vositalarini qurish uchun investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqilgan. Ular orasida:

  • Tyubegatanskoy kaliy tuz koni o’zlashtirilishi;
  • Uchquduq shahridagi xalqaro aeroport;
  • Toshkent (Tuo’imachi)-Angren temir yo’l liniyasini elektrlashtirish;

      Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yuritishning samarasini oshirish maqsadida quyidagi loyihalar amalga oshirildi:

  • Chet el kapitalini jalb qilgan holda ustuvor yo’nalishdagi Chengeldi-Samarqand-Buxoro-Xojadavlet temir yo’l liniyasini qayta qurish;
  • Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi;
  • Havast-Jizzax temir yo’l uchastkasida ikki tomonlama qo’shimchalar;
  • Navoiy-Uchquduq uchastkasi temir yo’lini qayta qurish. ;
  • To’qimachi-Angren temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish;
  • Maroqand-Qarshi-Termiz temir yo’l magistralini elektrlashtirish;
  • «Urganch-ekskavator» OAJ ekskavator zavodining ob’ektlarini qayta qurish;
  • “Angren-Pop yangi temir yo’l liniyasi” Raz’ed №4 portali – Janubiy portali;
  • Samarqand-Qarshi, Samarqand-Buxoro temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish,;
  • Toshkent shahrining Shayhontoxur tumanida Anxor-Sayli dam olish maskani qurilishidam;
  • «Pap Logistik» markazi hududida ko’mir briketlarini ishlab chiqarish zavod qurilishi;
  • Buxoro-Misken temir yo’l liniyasini qurish;
  • «Sardoba Temir Yul Agrosanoat Majmuasi» binolarini qayta qurish va yangi inshoatlarini barpo etish;
  • Toshkent mexanika zavodini qayta qurish;
  • Qarshi-Kitob temir yo’l liniyasini elektrlashtirish va tezlikda yo’lovchi poezdlarini tashkillashtirish loyihasining TIA;
  • Qarshi-Kitob temir yo’l liniyasini elektrlashtirish va tezlikda yo’lovchi poezdlarini tashkillashtirish loyihasining ishchi xujjatlari;
  • Yo’l transport va muhandislik-komunikatsiya infratuzulmasi qurulishi. Raz’ezd №4307 – st. Amantaytau temir yo’l liniyasining qurulish loyihasi;
  • Andijon-Savay-Xonobod shaharlar atrofidagi temir yo’lni zamonaviylashtirish TIA loyihasi;
  • Chiroqchi tuman markaziga temir yo’l liniyasini o’tkazish TIA loyihasi;
  • «TMZ» AJ hududida ichki yo’llarni qurush loyihasi;
  • Qarshi-Kitob temir yo’l liniyasini elektrlashtirish. Signallashtirish, markazlashtirish blakirovka va aloqa loyihasi;
  • Chirchiq va Bozsuv bekatida 50 yo’lovchiga mo’ljallangan vokzal binosi qurilishi loyihalari;
  • Buxoro viloyati Kogon tumanida 1000 bosh qoramol uchun chorvachilik kompleksi qurilishi loyihasi;
  • Xorazm viloyati Shovot tumanida 1000 bosh qoramol uchun chorvachilik kompleksi qurilishi loyihasi;
  • Andijon viloyati Xonobod shahrida 200 o’rinli bolalar sog’lomlashtirish lagerini ta’mirlash loyihasi;
  • Jizzax viloyati Zomin tumanida bolalar lagerini qurish loyihasi;
  • Andijon-Savay-Xonobod shaharlar atrofidagi yo’lovchilar tashishni tashkillashtirish uchun temir yo’llarni zamonaviylashtirish loyihalarining ishchi xujjatlari;
  • «Temiryo’lobod» temir yo’l bekatidan «AGMK» AJga kirish temir yo’lini qurish loyihasi;
  • Xazorasp erkin iqtisodiy zonasiga kirish temir yo’lini qurish loyihasi;
  • Korxonalarga kirish temir yo’l shohobchalarini loyihalalari.

«Toshtemiryo’lloyiha» MChJ hozirda quyidagi loyihalarni amalga oshirmoqda:

  • Yangi Akcha – Ablik bekatlari oralig’idagi temir yo’lini ta’mirlash ishchi loyihalari;
  • «Navoiy-Buxoro liniyasi oralig’ida ikkinchi tezyurar elektrlashtirilgan yo’lni qurilishi» Raz’ezd №39 – Buxaro bekati qismidagi TIA loyihasi;
  • Chimqurg’on va Baytog bekatlarida Signallashtirish, markazlashtirish blakirovka va aloqa loyihasi; 
  • «Eyvalekmahsustemirbeton» UK hududidagi bino va inshootlarni modernizatsiya qilish va ta’mirlash loyihalari.
  • Toshguzar-Akrabot oralig’idagi egri chiziqli temir yo’lni tekislash loyihalari;
  • Jizzax viloyati Zomin tumanida sanatoriya qurilishi loyihasining ishchi xujjatlari;
  • Sarosiyo temir yo’l bekatidan «Sharg’un ko’mir» AJ hududiga boradigan kirish temir yo’l qurilish loyixasi;
  • ShGKH hududida tozalangan metan asosida sun’iy, suyuq yoqilg’ini ishlab chiqarishga mo’ljallangan zavod uchun Kengsoy temir yo’l bekatida temir yo’l qurish va ta’mirlash loyihasi.

 

«O’zbekiston temir yo’llari»
Aksiyadorlik jamiyati
«Toshtemiryo’lloyiha» mas’uliyati cheklangan jamiyati
P A S P O R T I

Ko’rsatgichlar  nomi

Ma’lumotlar

1  Korxonaning  rasmiy  nomi   O’zbekiston temir yo’lari» davlat aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasining «Toshtemiryo’lloyixa» Ma’suliyati Cheklangan Jamiyat
2  Korxona  manzili  Toshkent shaxar, Mirobod  tumani,  T.Shevchenko  ko’chasi, 7-uy
3  Korxona tashkil topilgan  yili  1969-yil
4  Korxonaning  mulk shakli  Ma’suliyati Cheklangan Jamiyat
5  Korxonaning  asosiy  faoliyat  turi    «Toshtemiryo’lloyiha» MChJ asosiy vazifalari: muhandislik-geodeziya va muhandislik-geologiya ishlari; yangi temir   yo’llarni loyihalashtirish va loyiha smeta xujjatlari; bino va inshoatlarni kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish   uchun loyihalar; temir yo’l liniyalarini mustahkamlash, qayta qurish va zamonaviylashtirish loyiha ishlari; bino va   inshoatlarni BIM texnologiya asosida loyihalash (Revit, Civil va boshqalar); video kuzatuv tizimlarini, elektr   ta’minoti, yong’in va havfsizlik, signalizatsiyasi va aloqalarni ishlab chiqish loyihalari; issiqlik tarmoqlarini, suv   ta’minoti va oqova suv liniyalarini loyihalash; shuningdek, tashkilot investitsiya loyihalarini jalb qilish va ulardan   oqilona foydalanishga yordam beradigan texnik iqtisodiy xisob kitoblarni, texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish   xizmatlarini taqdim etadi.