Toshkent shahrida 1950-yil 1 iyuldagi 224-sonli Toshkent temir yoʼllari boshligʼi Qodirovning buyrugʼi asosida «Dorproekt» temir yoʼl loyihalash byurosi tashkil yetildi. Sobiq ittifoq (СССР) temir yoʼllari vaziring 1969 yil 18 sentyabrdagi 1212-sonli farmoniga binoan 1969 yil 26 sentyabrda yoʼl idorasi, Oʼrta Osiyo temir yoʼllari yoʼl loyihalash-tadqiqot institutiga aylantirildi.
Sobiq ittifoq Vazirlar Maxkamisining 1974 yil 25 fevraldagi №430 R-sonli farmoyishiga muvofiq temir yo’l transportida loyiha-smeta ishini yanada takomillashtirish maqsadida Temir yo’l vazirligi huzurida temir yo’l transporti obyektlarini loyihalashtirish bo’yicha «Loyihalashtirish bosh boshqarmasi» tashkil qilindi. O’rta Osiyo temir yo’llari tasarrufidagi «Желдорпроект» loyihalash va tadqiqot instituti mazkur «Главжелдорпроект» loyihalashtirish bosh boshqarma tasarrufiga o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 22-yanvardagi 25-sonli qarori asosida «Ittifoq tassarrufida bo’lgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarni O’zbekiston Respublikasining yuridik mulkiga o’tkazish bo’yicha ishlarni tashkil qilish to’g’risida» gi qarori asosida, O’rta Osiyo temir yo’llar Toshkent loyihalash va tadqiqot instituti «Главжелдорпроект» O’rta Osiyo temir yo’llar ixtiyoriga berilib, qisqartirilgan nomi «Ташжелдорпроект» asosida faoliyat yuritdi.
Mirobod tumani hokimining 06.11.1998 yildagi №667-sonli qaroriga binoan «Ташжелдорпроект» instituti «Toshtemiryo’lloyiha» ОАJ (Ochiq Aksiyadorlik Jamiyati) ga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi PF-4053 sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi farmoniga asosan 2009 yil noyabr oyidan boshlab «Toshtemiryo’lloyiha» MChJ (Ma’suliyati Cheklangan Jamiyat) maqomiga o’zgartirildi.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va mamlakatda boshlangan iqtisodiy islohatlar korxonalarning ustuvor yo’nalishlari va maqsadlarini ko’rib chiqishni taqazo etdi. Ularni hal etish uchun yangi vazifalarni ilgari surgan institut jamoasining faoliyatini qayta ko’rib chiqish zarurati yuzaga keldi, endilikda e’tiborni xalq xo’jaligi tarmog’i sifatida nafaqat temir yo’l transportiga balki butun Respublika miqyosidagi talabni qondirishga qaratish lozim edi. Shu munosabat bilan institutda loyihaviy vazifalarni avtomatlashtirish vositalaridan keng foydalangan holda, tezkor bajarishga qodir yangi ixtisoslikdagi mutaxassislar jalb qilindi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkiliy-tuzilmaviy islohotlarni, iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan hatti harakatlarni amalga oshirishni talab etdi.
Institut tarixida ilk yirik Texnik-iqtisodiy asoslash (проект ТЭО) loyihalari asosida: Toshg’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on yangi temir yo’l liniyasining qurilishi (1996.) va Shovot-Gurlan-Djumuratau-Sultonuizdag temir yo’l liniyasida avtomobil yo’li va temir yo’lini o’z ichiga olgan Amudaryo ko’prigi qurilishi (1999 y.) amalga oshirildi.
Yuqorida sanab o’tilgan TIA loyihalarida muhim davlat ahamiyatidagi muammolar o’z yechimini topdi, jumladan:
- O’zbekiston Respublikasining transport mustaqilligini mustahkamlandi;
- Ayrim hududlarning transport tarmog’i mavjud emasligi bartaraf qilindi;
- Temir yo’llar vositasida transport harajatlari sezilarli tejash bilan transportning milliy iqtisodiy harajatlarini kamaytirishga erishildi;
- To’qimachi temir yo’l stansiyasida yo’lovchi vagonlarni ta’mirlash bazasi kengaytirildi;
O’zbekiston Respublikasi geografik joylashuvi nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda uzoq xorijiy davlatlarga yuk tashish yo’nalishlari vujudga keldi.
Andijon-Osh-Qashg’ar yangi temir yo’l liniyasining qurilishiga doir dastlabki ma’lumotlar yig’ilib tahlil qilinib loyiha va texnik jihatlari ishlab chiqildi. Mavjud temir yo’l tarmog’i bilan birgalikda loyihaning asosiy texnik parametrlari aniqlandi va to’liq texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishga tayyorgarlik ko’rish ishlari olib borildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-noyabrdagi 615-Ф sonli qarori asosida 2011-2012 yillarda Toshkent-Samarqand yo’nalishida “Afrosiyob» tezyurar elektrlashtirilgan yo’lovchi poyezdi yo’lining qurilishi” uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan bo’lib, temir yo’l yo’nalishi bo’ylab uzunligi 35 kilometr bo’lgan Yangiyer-Dashtobod temir yo’l liniyasi elektrlashtirilishini o’z ichiga oladi.
O’zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlangan investitsiya dasturlariga muvofiq, institut tarixida birinchi marta xorijiy sarmoyalarni jalb qilish bilan sanoat va transport vositalarini qurish uchun investitsiya loyihalarining Texnik-iqtisodiy asoslash loyihalari ishlab chiqilgan.
Ular orasida;
- Tyubegatanskoy kaliy tuz koni o’zlashtirilishi;
- Uchquduq shahridagi xalqaro aeroport;
- Toshkent (To’qimachi)-Angren temir yo’l liniyasini elektrlashtirish;
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yuritishning samarasini oshirish maqsadida quyidagi loyihalar amalga oshirildi:
- Chet el kapitalini jalb qilgan holda ustuvor yo’nalishdagi Chengeldi-Samarqand-Buxoro-Xojadavlet temir yo’l liniyasini qayta qurish loyihasi;
- Sho’rtan gaz-kimyo majmuasini qurish loyihasi;
- Xovos-Jizzax temir yo’l uchastkasida ikki tomonlama qo’shimchalar yo’llar qurish loyihasi;
- Navoiy-Uchquduq uchastkasi temir yo’lini qayta qurish loyihasi;
- To’qimachi-Angren temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish loyihasi;
- Maroqand-Qarshi-Termiz temir yo’l magistralini elektrlashtirish loyihasi;
- «Urganch-ekskavator» OAJ zavodining obyektlarini qayta qurish loyihasi;
- “Angren-Pop yangi temir yo’l liniyasi” Razyezd №4 portali – Janubiy portalini qurish loyihasi;
- Samarqand-Qarshi, Samarqand-Buxoro temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish loyihasi;
- Toshkent shahrining Shayhontoxur tumanida Anhor-Sayli dam olish maskani qurish loyihasi;
- «Pop Logistika» markazi hududida ko’mir briketlarini ishlab chiqarish zavod qurish loyihasi;
- Buxoro-Misken temir yo’l liniyasini qurish loyihasi;
- «Sardoba Temir yo’l Agrosanoat Majmuasi» binolarini qayta qurish va yangi inshootlarini barpo etish loyihasi;
- Toshkent mexanika zavodini qayta qurish loyihasi;
- Qarshi-Kitob temir yo’l liniyasini elektrlashtirish va yuqori tezlikda yo’lovchi poezdlarini tashkillashtirish obyektining Texnik-iqtisodiy hisoblash loyihasi;
- Qarshi-Kitob temir yo’l liniyasini elektrlashtirish va yuqori tezlikda yo’lovchi poezdlarini tashkillashtirish loyihasi;
- Yo’l transport va muhandislik-komunikatsiya infratuzulmasi qurilishi. Razyezd №4307- st.Amantaytau temir yo’l liniyasi loyihasi;
- Andijon-Savay-Xonobod shaharlar atrofidagi temir yo’lni zamonaviylashtirish Texnik-iqtisodiy asoslash loyihasi;
- Chiroqchi tuman markaziga temir yo’l liniyasini tortish Texnik-iqtisodiy hisoblash loyihasi;
- «TMZ» AJ hududida ichki yo’llarni qurish loyihasi;
- Qarshi-Kitob temir yo’l liniyasini elektrlashtirish. Signallashtirish, markazlashtirish blokirovka va aloqa tizimi loyihasi;
- Chirchiq va Bozsuv bekatida 50 yo’lovchiga mo’ljallangan vokzal binosi loyihasi;
- Buxoro viloyati Kogon tumanida 1000 bosh qoramol uchun chorvachilik kompleksi loyihasi;
- Xorazm viloyati Shovot tumanida 1000 bosh qoramol uchun chorvachilik kompleksi loyihasi;
- Andijon viloyati Xonobod shahrida 200 o’rinli bolalar sog’lomlashtirish lagerini ta’mirlash loyihasi;
- Jizzax viloyati Zomin tumanida bolalar lagerini qurish loyihasi;
- Andijon-Savay-Xonobod shaharlar atrofidagi yo’lovchilar tashishni tashkillashtirish uchun temir yo’llarni zamonaviylashtirish loyihasi;
- «Temiryo’lobod» temir yo’l bekatidan «AGMK» AJ ga kirish temir yo’lini qurish loyihasi;
- Xazorasp erkin iqtisodiy zonasiga kirish temir yo’lini qurish loyihasi;
- Jizzax-Sayhun temir yo’li oralig’ida razyezd loyihasi;
- Oqoltin va Baxt stansiyalarida tortish yo’li va Boyovut stansiyasida qo’shimcha elektrlashtirilgan qabul qilish-jo’natish temir yo’li loyihasi;
- «O’zbekiston stansiyasini rekonstruksiya qilish loyihasi;
- “Toshkent MTU” UK ma’muriy binosi yer to’la qismoni sport mashg’ulotlari zaliga qayta ixtisoslashtirish, tom qismi qurilmasini yangilash va quyosh batareyalarini o’rnatish loyihasi;
- Chirchiq shahar Z.Bobur ko’chasi 22-uy manzilida joylashgan CHDPU 5-sonli o’quv binosini mukammal ta’mirlash loyihasi.
- Toshkent shahar Uchtepa tumani Shirin ko’chasi 1A-uy manzilida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi uchun 400 o’rinli qo’shimcha o’quv bino va inshootlarini loyihalash.